25 Dekabr 2022 1031

Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

Avval xabar qilganimizdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 2021-yilning 5-oktyabr kuni tasdiqlangan qoʻshma “Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kursi boʻyicha” oʻquv dasturi asosida Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun tizimli ravishda tayyorlov kurslari boʻlib oʻtmoqda. Bugun navbatdagi oʻquv jarayonlari ham yakuniga yetdi. Institutning Bektemir tumani bazasida Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari 90 soatlik nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻzlashtirdilar.

Oʻquv kursi yakunida tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Darhaqiqat, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarini tayyorlov kurslarida ularning jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini mustahkamlash bilan bir qatorda, bu sohada oʻz bilim va koʻnikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirib borilishi, iqtisodiyotimizda muhim ahamiyatga ega boʻlgan energetika tizimi korxonalarining xavfsizligini taʼminlanishida alohida ahamiyatga egadir.

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага