30 Iyun 2021 330

IIB xodimiga qarshilik ko'rsatgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

2021 yil 24 iyun` kuni Paxtachi tumani “Ziyovuddin” shaharchasi “Abdulla Qodiriy” ko'chasida yashovchi, muqaddam O'zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-qismlari bilan sudlangan, 1991 yilda tug'ilgan A.O., “Ziyovuddin” temir yo'l bekatida ruda toshlari ortilgan yuk vagoniga chiqib, ruda qazilma toshlarini yashirin ravishda talon-taroj qilayotganida, holatni shu erda xizmat olib borayotgan kichik serjant K.Rasulov ko'rib qolib, A.O. ni to'xtatgan. 

Fuqaro IIB xodimiga faol qarshilik ko'rsatib, kichik serjant K.Rasulovga tan jarohati etkazgan. 

Holat yuzasidan A.O.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага