23 May 2022 808

IIBda toʻplangan hujjatlarni hal qilib berishni aytib aldab fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2022-yilning 8-may kuni 1992-y.t. T.J 1975-y.t. N.S.ning ishonchiga kirib, IIBdagi unga nisbatan toʻplangan hujjatlarini tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, undan 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pulini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага