IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi kursantlarining ish oʻrganish amaliyoti yakuniga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi talablari ijrosini taʼminlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, 2022-yilning 7-fevral kunidan 14-may kuniga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Probatsiya boʻlimi, Ekspert kriminalistika boʻlimi, Tezkor qidiruv hamkorligi boʻlimi, Termiz shahar va Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha tuman ichki ishlar boʻlimi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-oʻquv kursi kursantlarining ish oʻrganish amaliyoti yakuni boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.
Tashkil etilgan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi masʼul xodimlari, Surxondaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi va aʼzolari, IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-oʻquv kursining kursantlari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Amaliyot davomida, kursantlar tomonidan shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari taʼminlanib, doimiy nazoratga olindi.
Kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarish, amaliyot faoliyatiga taalluqli koʻnikmalarni shakllantirish, mutaxassislik boʻyicha mustahkam kasb mahoratini egallash va takomillashtirish, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berildi.
Ish oʻrganish amaliyoti yakunida kursantlardan komissiya tarkibida sinovlar qabul qilinib, har bir kursantning faoliyatiga xolisona baho berilib, Oʻzbekiston Respublikasi IIV faoliyatini takomillashtirishga oid buyruq, koʻrsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal ravishda oʻrganib, ulardan oʻzining kundalik xizmat faoliyatida toʻgʻri va toʻliq foydalanib, ushbu buyruq va koʻrsatmalarning talablari asosida xizmat olib borgan, oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, fuqarolarning huquq va erkinliklari, xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan turli tezkor-qidiruv tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh kursantlar va ularning ota-onalariga Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati