20 Yanvar 2023 873

IIV Akademiyasi kursantlari uchun master-klass

Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2021-yil 25-avgustdagi 298-sonli buyrugʻiga muvofiq, barcha viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan xar oyda kamida bir marotaba Akademiya bakalavriati kunduzgi taʼlim shakliga tegishli hududdan jamlangan kursantlar bilan hududning kriminogen vaziyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishning dolzarb masalalari boʻyicha onlayn master-klass mashgʻulotlari oʻtkazib borilishi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 19-yanvar kuni IIV Akademiyasi kursantlariga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari rahbarlari va tegishli sohaviy xizmat xodimlari ishtirokida “Оz miqdorda talon-taroj qilish (MJtK 61-moddasi) huquqbuzarligining oldini olishdagi faoliyati hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar», “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi «Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan islohotlar va uning samaradorligi» hamda “Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda sohaviy xizmatlarning oʻzaro hamkorlik qilish amaliyoti hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar” mavzularida onlayn master-klass mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotlarda Akademiya kursantlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda amaliyotda olib borilayotgan ishlar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar hamda tizimda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni bartaraf etishda qilinayotgan ishlar boʻyicha toʻliq tushunchalar berildi.

Mashgʻulot yakunida kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan master-klass ishtirokchilariga murojaat qilib, mavzu yuzasidan toʻliq javoblar olishdi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага