IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari ilmiy va malakaviy amaliyotga chiqishdi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasining “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish” nomli moduli yakuni boʻyicha ilmiy va malakaviy amaliyoti Toshkent viloyati IIBB Maʼrifiy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan ishlash xizmati, Kasbiy tayyorgarlik boʻlimida tashkil etildi.
Ilmiy va malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – nazariya va amaliyotning uzviyligini taʼminlash orqali magistratura tinglovchilarining olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda mustahkamlash, amaliyotga tatbiq qilish va tinglovchilarda ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borishga doir amaliy koʻnikmalarni hosil qilishdan iboratdir.
Shuningdek, dasturda tinglovchilarning viloyat va shahar IIBlaridan boshqa IIV akademik litseylari, IIV Malaka oshirish instituti va ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatlari, Alisher Navoiy milliy kutubxonasi hamda Akademiya axborot-resurs markazida amaliyot oʻtashlari belgilangan.
Bunda, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish, ular faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda tizimdagi muammo va kamchiliklarni oʻrganib tahlil qilishlari, munosabat va takliflar bildirishlari maqsad qilingan.
Amaliyot davom etmoqda, mavzuga doir xabarlar toʻldirib boriladi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati