IIV Akademiyasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Namangan viloyati IIBda seminar-trening tashkil qilindi
Sayyor mashgʻulotda sohaviy xizmatlar rahbarlari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi. Oʻquv rejasiga binoan, “Mahallalarda ijtimoiy profilaktika subyektlari faoliyatini samarali tashkil etish”, “Profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderini berish va order talablarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish mexanizmlari”, “Firibgarlik holatlari yuzasidan ariza va xabarlarni koʻrib chiqish hamda ularni malakalashda fuqarolik huquqiga oid mulkiy munosabatlardan farqlash”, “Profilaktika inspektorlari tomonidan alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan yoshlar bilan oʻtkaziladigan profilaktik tadbirlarni manzilli va samarali tashkil etish” kabi mavzularda seminar-trening oʻtkazildi.
Shuningdek IIV Akademiyasi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat xavfsizligini taʼminlash va oʻgʻrilik jinoyatlarining barvaqt profilaktikasini tashkil etish boʻyicha tayyorlangan qoʻllanmalarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati