13 Noyabr 2023 367

IIV Akademiyasida “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olayotgan kursantlar uchun tashkil qilingan davra suhbati shu mavzuga bagʻishlandi

Tadbirda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish, “mahallabay” tizim yordamida jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari haqida soʻz bordi.

Soʻzga chiqqanlar “ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yoʻnalishlari, bu borada “mahalla beshligi” vakillariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida gapirib oʻtdilar.

Davra suhbati davomida kursantlar huquqbuzarliklar sabablari aniqlash, ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmaga ega boʻlishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага