12 Sentabr 2021 1502

IIV Akademiyasining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim fakulteti tanlov eʼlon qiladi

12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi;

12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;

12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;

12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi;

12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi;

12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini taʼminlash. Probatsiya faoliyati.

IIV Akademiyasi oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim fakultetiga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi (shahodatlangan xodimlar tarkibidan) yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– magistr darajasiga yoxud oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezisga ega boʻlish.

Tayanch doktoranturaga talabgorlar tegishli ixtisoslikni koʻrsatib, IIV Akademiyasi boshligʻi nomiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda bildirgi bilan murojaat qiladi:

– ishlovchining ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan shaxsiy varaqasi va tarjimayi hol;

– magistr darajasiga yoxud oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

– xizmat faoliyati boʻyicha ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma (obyektivka);

– talabgorning imzosi, ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari;

– 4x6 sm oʻlchamdagi ikki dona rangli fotosurat;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadi.

Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat har yili 1-25-noyabr davrida oʻtkaziladi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD yoki DSc) talabgor tegishli ilmiy ixtisoslikni koʻrsatib, IIV Akademiyasi boshligʻi nomiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda bildirgi yoki ariza bilan murojaat etishi lozim:

– qisqacha oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma, ishlovchining ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan shaxsiy varaqasi va tarjimayi hol;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasiga yoxud oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

– talabgorning ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki xizmat faoliyati boʻyicha maʼlumotnoma (obyektivka);

– talabgorning imzosi, ish joyidagi kadrlar boʻlimining muhri bilan tasdiqlangan nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

– ish (xizmat) joyidan tavsifnoma;

– 4x6 sm oʻlchamdagi ikki dona rangli fotosurat.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar ixtisoslik boʻyicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʻyicha amalga oshiriladi.

IIV Akademiyasi oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim fakulteti doktoranti yoki mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning yuqorida qayd etilgan hujjatlari korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining IIV Akademiyasi boshligʻi nomiga yozilgan yoʻllanma xati bilan yuborilishi lozim.

Hujjatlar 2021-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabriga qadar qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun telefon: 71-265-23-59.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi manzili: 100197, Toshkent shahri, Intizor koʻchasi, 68.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага