8 May 2023 6312

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boʻlinmalarida xizmat qilish istagida boʻlgan fuqarolarni taklif etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi boʻsh boʻlgan lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi Jazoni ijro etish koloniyalari hamda Tergov hibsxonalarida boʻsh boʻlgan safdorlik lavozimlar boʻyicha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolar (erkak) 2023 yilning 10,11,12-may kunlari soat 09.00 dan 17.00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada koʻrsatilgan namunadagi (quyida ilova qilingan) hujjatlarni asli hamda nusxalari bilan murojaat etishlari mumkin:

1. Fuqarolik pasporti;

2. Harbiy guvohnoma;

3. Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki sirtqi taʼlim boʻyicha tahsil olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

4. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda, 086-forma).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

— Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

— IIV akademik litseylar hamda oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi;

— erkak (oʻgʻil bola) boʻlishi;

— yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham) boʻlishi;

— boʻyi 165 sm va undan yuqori boʻlishi;

— Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi.

 Belgilangan kunlardan (10,11,12-may) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar roʻyxatiga kiritilmaydi.

Murojaat uchun telefon: 71-291-59-02

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 25-uy Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага