19 Yanvar 2022 4120

IIV huzuridagi JIED ichki ishlar organlarida xizmat qilishni xohlovchilarni taklif etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi boʻsh boʻlgan lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida joylashgan Jazoni ijro etish koloniyalari hamda Tergov hibsxonalarida boʻsh boʻlgan lavozimlar boʻyicha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan fuqarolar (erkak) 2022-yilning

19-yanvar kunidan 22-yanvar kuniga qadar soat 09.00 dan 17.00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ilovada koʻrsatilgan namunadagi (quyida ilova qilingan) hujjatlarni aslini koʻrsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

1. Fuqarolik pasporti;

2. Harbiy guvohnoma;

3. Oliy taʼlim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplom) yoki sirtqi taʼlim boʻyicha tahsil olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

4. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida maʼlumotnoma (boʻy parametri koʻrsatilgan holda, 086-forma).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

- IIV akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi;

- erkak (oʻgʻil bola) boʻlishi;

- yoshi 30 yoshgacha (30 yoshdagilar ham) boʻlishi;

- boʻyi 165 sm va undan yuqori boʻlishi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtagan boʻlishi.

Belgilangan kunlardan (19-22-yanvar) oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar roʻyxatiga kiritilmaydi.

Murojaat uchun telefon: 71-291-59-02

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 25-uy Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага