9 Mart 2023 635

IIV huzuridagi JIED xodimi Murodjon Yoʻldoshev 73 kg vazn toifasida kurashib, oltin medal sohibi boʻldi

Yurtimiz yoshlaridan sportning turli yoʻnalishlarida deyarli har kuni bir xushxabar olyapmiz. Yoshlarga qaratilayotgan katta eʼtibor va undan ruhlangan oʻgʻil-qizlarning intiluvchanligi tufayli ana shunday gʻalabalar qoʻlga kiritilmoqda. Yaqinda poytaxtimizdagi «Yunusobod sport majmuasi»da dzyudo boʻyicha «Katta dubulgʻa» turniri boʻlib oʻtdi.

Unda dunyoning ellikka yaqin mamlakatlaridan tajribali sportchilar qatnashdi. Hamyurtlarimiz mazkur turnirda 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Quvonarlisi gʻoliblar orasida hamkasbimiz, IIV huzuridagi JIED THO xodimi Murodjon Yoʻldoshev ham bor. Murodjon 73 kg vazn toifasida bellashib, barcha raqiblaridan ustunligini namoyish qildi va oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek, sportchimiz oltin medal bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qoʻlga kiritdi.

Hamkasbimizni bu gʻalaba bilan muborakbod etib, kelgusida ham ulkan zafarlar tilaymiz.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага