29 May 2022 1534

IIV huzuridagi JIED xodimi xalqaro turnirda faxrli oʻrinni egalladi

Moskvada boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda IIV huzuridagi JIED xodimi katta serjant Farrux Boboyev dzyudo boʻyicha 90 kg vazn toifasida kurashib faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Ichki ishlar tizimida ishlayotgan dzyudochilar Moskvaga joʻnab ketishdi.

Ertaga Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida ichki ishlar, politsiya va armiya tizimida faoliyat yuritayotgan dzyudochilar oʻrtasida xalqaro turnir boshlanadi.

2007-yildan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan ushbu musobaqa xizmat vazifasini bajarayotgan chogʻida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab tashkil etilgan.

Xalqaro turnirda tizimda mehnat qilib kelayotgan dzyudochilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Delegatsiyamiz Moskva shahriga yetib bordi.

Terma jamoamiz tarkibi:

- 66 kg: Bahrom Inoyatov (leytenant)

- 73 kg: Timur Xudoyqulov (katta leytenant)

- 81 kg: Sanjar Toʻxtashov (serjant)

- 81 kg: Sergey Petryanin (podpolkovnik)

- 90 kg: Rustam Saidov (leytenant)

- 90 kg: Farruh Boboyev (katta serjant)

- 90 kg: Jamshid Fayziyev (podpolkovnik)

+ 90 kg: Dilshod Choriyev (leytenant)

+ 90 kg: Faxriddin Sharipov (leytenant)

+ 90 kg: Hamid Otajonov (leytenant)

Mazkur nufuzli musobaqaning 90 kg vazn toifasida kurashgan IIV huzuridagi JIED xodimi Farrux Boboyev faxrli 3-oʻrinni egalladi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага