25 Noyabr 2021 777

IIV ishchi guruhi Qashqadaryo viloyatida faoliyatini davom etmoqda

Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan, Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi IIV ishchi guruhi 2021 yil 23 noyabr kunidan, Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash bo‘yicha ishlar ahvolini o‘rganish va bu boradagi faoliyatni yana-da jadallashtirish maqsadida o‘z o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qarshi shahridagi “Otchopar” mahallasida tashkil etilgan PPX “Kuzatuv maskani”, viloyat YHXB binosida barpo etilayotgan “situatsion markazi”, shuningdek, Qarshi shahridagiXontepa” va Qamashi tumanidagi “Bunyodkor” mahallalaridagi “Huquq-tartibot maskan”larining faoliyati bilan tanishib, sektor rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Ishchi guruh aʼzolari uchta kichik guruhlarga bo‘linib, 23-24 noyabr kunlari Mirishkor, Nishon, Yakkabog‘, Kasbi, Shahrisabz, Koson va Kitob tumanlari hamda Qarshi, Shahrisabz shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 12 fevralida o‘tkazilgan IIV Hayʼatining kengaytirilgan majlisi davomida berilgan topshiriqlarning amaliy ijrosi qay darajada bajarilayotgani bilan yaqindan tanishmoqda.

O‘rganishlar davomida tuman va shaharlarni jinoyatdan holi namunali va xavfsiz hududga aylantirish, shuningdek, xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi va bu borada tuman-shaharlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash ahvolini o‘rganish, hudud rahbarlarining kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha tashabbuslarining samaradorligi o‘rganib chiqilmoqda.Shu bilan birga ishchi guruh tomonidan viloyatdagi kriminogen vaziyatni yana-da barqarorlashtirish maqsadida maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazish, mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, aholining mavjud muammoli masalalarini aniqlash va hal etish  ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh faoliyatining yakuni bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida aniqlangan muammoli masalalar va ularning yechimi bo‘yicha ko‘riladigan choralar viloyat hokimligi, huquq-tartibot organlari hamda barcha sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishda muhokama qilinadi.

Qashqadaryo viloyatidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага