2 Oktabr 2022 611

IIV Malaka oshirish instituti Bektemir oʻquv bazasida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida oʻtkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi doirasida IIV Malaka oshirish instituti Bektemir oʻquv bazasida “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida Kikboks va Tayboks sport turi boʻyicha jahon chempioni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sapura Koipnazarova hamda qoʻl jangi sport turi boʻyicha ikki karra jahon chempioni xalqaro toifadagi sportchi Muxiddin Mamajonovlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatini sport ustasi, Sambo kurashi boʻyicha Xalqaro toifadagi hakam, podpolkovnik M.A.Turayev ochib berdi xamda tinglovchilarni mehmonlar bilan tanishtirib oʻtdi.

Suhbat avvalida podpolkovnik M.A.Turayev bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sportga boʻlayotgan eʼtibor, yoshlarimizning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib, iqtidorli sportchilarni professional sportchilar sifatida tayyorlash, olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz faoliyatini keng targʻib etish maqsadida mahorat maktablari barpo etilayotganini alohida taʼkidlar ekan, IIO xodimlari uchun jangovar-jismoniy tayyorgarlikning xizmat faoliyatida oʻrni va ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdilar.

Uchrashuvda soʻz olgan Kikboks va Tayboks sport turi boʻyicha Jahon chempioni, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sapura Koipnazarova oʻzining hayot yoʻli, sport choʻqqilariga chiqishdagi qiyinchilik va toʻsiqlarini mardonavor yengib oʻtganligi, qoʻlga kiritgan medal va kuboklari tarixi toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Qoʻl jangi sport turi boʻyicha ikki karra jahon chempioni xalqaro toifadagi sportchi Muxiddin Mamajonov tinglovchilarga hayotida ham, sport maydonida ham doim baland toʻsiqlardan sakrab oʻtishni sanʼat darajasida olib kelish kerakligini taʼkidlab oʻtdi. Uchrashuvda sportchimiz erishgan yutuqlari, jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritguncha boʻlgan mashaqqatli yoʻli, musobaqalardan olgan taassurotlari haqida soʻzlab berdi.

-Siz uchun eng baxtli damlar qachon deb soʻrashganlarida..., Beixtiyor sport musobaqasida gʻolib boʻlgan vaqtda Madhiyamiz sadolari ostida Davlat bayrogʻimizni shohsupaga koʻtarilayotgan vaqti deb aytgan boʻlardim, deydi sportchimiz.

Savol-javoblarga boy boʻlgan tadbir hammada ijobiy taassurot qoldirdi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага