IIV Malaka oshirish institutining Qashqadaryo akademik litseyidagi hududiy filialida sayyor oʻquv yigʻini tashkillashtirildi
Unda boshqarma sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari xodimlari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV oʻrinbosarining 2023-yil 21-avgustdagi 239-sonli Farmoyishiga asosan, IIV MOMB Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi katta instruktor oʻqituvchisi, mayor M.Magrubov va vazirlik Malaka oshirish instituti katta oʻqituvchisi, podpolkovnik G.Tursunov ichki ishlar organlari xodimlari bilan maxsus vositalardan foydalanish, ularni qoʻllash tartib va talablari hamda sharoitlari yuzasidan kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtishdi.
Mashgʻulotlar yakunida mavzuni oʻzlashtirish doirasida qatnashchilardan sinovlar olinmoqda.
Oʻquv yigʻini yakuni bilan ijobiy koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritgan xodimlarga maxsus vositalarni qoʻllash boʻyicha sertifikatlar topshiriladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati