IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti tanlov eʼlon qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV M va MTTD Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi buyurtmachiligidagi 2023-yilda barcha kapital quriladigan hamda loyihalashtiriladigan obyektlariga oʻtkaziladigan tender yoki tanlovlar tashkilotchisini tanlash yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.
Tenderda ishtirok etishi uchun tashkilotchi (keyingi ishtirokchi) larga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “tender. mc.uz” elektron portalidan roʻyxatdan oʻtganligi;
“tender. mc.uz” elektron portaliga joylagan eʼlonlari toʻgʻrisida maʼlumot;
fuqarolik-muomala layoqati vakolatlari va shartnoma tuzish vakolati borligi;
doimiy xodimlari, jumladan qurilish sohasidagi tender faoliyatida kamida 5 yil faoliyat yuritgan kamida 4 nafar xodimlariga ega boʻlishi;
ishlab turgan asosiy vositalariga ega boʻlishi;
Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan tartibga muvofiq tegishli litsenziyaga ega boʻlgan ishtirokchilarga ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, tanlov ishtirokchilari tomonidan yuqoridagi talablar yuzasidan taqdim etilayotgan maʼlumotlariga asoslovchi hujjatlarni ilova qilishlari shart.
Quyidagi ishtirokchilarga tender jarayonlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi:
qayta tashkil etilish (boʻlinish, qoʻshilish), tugatish yoki bankrotlik arafasida turganlar;
mol-mulki musodaraga olinganlar hamda moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjudlar.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar yuqoridagi talablar asosida ishlab chiqilgan takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV M va MTTD Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 1-uyda joylashgan maʼmuriy binosiga taqdim etishlari soʻraladi.
Takliflarni taqdim etish muddati Oʻzbekiston Respublikasi IIV ning saytida eʼlon berilgan kundan 5 (besh) ish kunini tashkil etadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-sonli qarori talablariga qatʼiy amal qilishlari soʻraladi.
Murojaat uchun telefon: 71-231-46-02,
Ishtirokchilar tomonidan tanlovga takliflarni takdim etilishi, ularni buyurtmachi tomonidan mazkur tanlovga qoʻygan shartlar bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV M va MTTD Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi