IIV Xorazm akademik litseyida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida huquqiy targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi
IIV Xorazm akademik litseyi ayni kunda viloyat ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar yetishtiruvchi bazaviy taʼlim dargohi hisoblanadi.
Oʻz navbatida ushbu taʼlim dargohining oʻqituvchi-pedagog va ishchi-xizmatchilari orasida xotin-qizlarning safi ham anchagina.
Bugun mazkur jamoada boʻlib oʻtgan yigʻilishda ishtirok etgan Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik D.Bogʻbekova litsey oʻqituvchi-pedagoglari va ishchi-xizmatchilari tomonidan oʻquvchilarni oʻqitish, tarbiyalash va ularga gʻamxoʻrlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni eʼtirof etgan xolda, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalasi rahbariyatning doimiy eʼtiborida ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shundan kelib chiqqan holda, litseyda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish uchun “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” tuzishni taklif qildi.
Ushbu taklif yigʻilishda ishtirok etgan barcha xotin-qizlar tomonidan iliq kutib olindi va jamoatchilik kengashi raisi va aʼzolari koʻpchilikning fikr mulohazalarini inobatga olgan holda, ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylandi.
Shuningdek, podpolkovnik D.Bogʻibekova yigʻilish ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtdi.
Bundan tashqari litseydagi oʻquvchilar yotoqxonasida yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib, zarur tavsiyalar berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati