Ilmiy kengashda oʻquv-uslubiy majmualar muhokama etildi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uni institut boshligʻi, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., dotsent, polkovnik Olimjon Ahmedov olib bordi. Yigʻilishda Ilmiy kengash aʼzolari, professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borish istagida boʻlgan xodimlarning mavzulari, professor-oʻqituvchilar tomonidan taqdim etilgan oʻquv-uslubiy majmualar va oʻquv qoʻllanmalar muhokama etildi.
Institut Yuridik kafedrasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida oʻquv, oʻquv-metodik, ilmiy tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi istiqboli rejalari koʻrib chiqildi.
Muhokamaga qoʻyilgan masalalar boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati