26 May 2023 718

Ilmni qadrlang, ilmga intiling!

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-apreldagi “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!» shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida” 100-son Farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasining maʼnaviy ishlar boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari bilan hamkorlikda ilmiy konferensiya oʻtkazildi.

“Oʻquvchi-yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashdagi muammo va yechimlar” mavzusida boʻlgan ilmiy konferensiyada ixtisoslashtirilgan maktab-internatining erkin tadqiqotchi, tarix fani oʻqituvchisi M.N.Usmonova, Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti dotsenti F.J.Jumaniyozova, Davlat va jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti O.Inomovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Oʻquvchi-yoshlarni milliy va umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash tizimining tashkiliy-huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlarning talablari, uning funksional tuzilmalari va faoliyati jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari ilmiy anjumanda koʻrib chiqildi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага