13 Sentabr 2021 766

Imtiyozlar o'zini oqlamoqda

2021 yil 3 sentyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga ko'ra, harbiy qismlarda haqiqiy xizmat faoliyatini olib borayotgan, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo'shgan, jangovar xizmat va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalar berish yo'lga qo'yilgandi.

Joriy yilda bu an'ana davom ettirilib, IIV tasarrufidagi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari tarkibidagi 61 nafar harbiy xizmatchining 64 nafar farzandiga ana shunday tavsiyanomalar berilgandi.

Davlat test markazining mandat natijalariga ko'ra, tavsiyanoma olgan abiturientlarning 51 nafari o'zi istagan respublikamizdagi eng nufuzli oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o'qishga kirish va talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lishdi.

Kecha talaba bo'lgan farzandlar va ularning ota-onalari IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo'shinlari qo'mondonligiga tashrif buyurishdi. Qo'shin qo'mondoni, polkovnik Sh. Xudoynazarov ularni samimiy tabriklab, yoshlarni yurt ravnaqi va tinchligiga munosib hissa qo'shadigan etuk kadrlar bo'lib etishishiga tilak bildirdi. 

Harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan bu kabi imkoniyatlar har bir harbiy xizmatchida o'z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilish hissini oshiradi va kelajakka bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi, deya ta'kidladi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага