15 Mart 2023 462

Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar yoshlar bilan muloqot qildi

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Folker Tyurk Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyiga tashrifi davomida yoshlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda qoraqalpogʻistonlik yoshlar, shuningdek onlayn formatda yurtimizdagi bir qator yetakchi oliy taʼlim muassasalari qatori, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham ishtirok etdi.

Samimiy ruhda oʻtgan muloqot chogʻida Folker Tyurk yoshlarga oid davlat siyosati doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, ularni kasbga yoʻnaltirish va salohiyatini roʻyobga chiqarish, yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash borasidagi amaliy saʼy-harakatlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek BMT Oliy komissari inson huquqlarini taʼminlash sohasida BMT va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati, yoshlar huquqlarini taʼminlashda istiqboldagi ustuvor yoʻnalishlar xususida oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdi. Xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага