Internetdan samarali foydalanish va onlayn oʻyinlarning salbiy oqibatlari
Toshkent temir yoʻl texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida “Terrorizm va diniy ekstremizm - davr muammosi”, “Internetdan samarali foydalanish va onlayn oʻyinlarning salbiy oqibatlari” mavzularida kengaytirilgan davra suhbati oʻkazildi.
Tadbirda IIV Malaka oshirish instituti katta oʻqituvchisi, podpolkovnik M.A.Turayev, oʻqituvchi, podpolkovnik Q.A.Yuldashov, Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida XTB T va EQKB tezkor vakili mayor A.K.Sultonov, Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida XTB XPB boshligʻi, podpolkovnik Sh.A.Amanov, Toshkent mintaqasi temir yoʻl transportida XTB MTB inspektori podpolkovnik S.X.Nurmuxamedov, XPB inspektori katta leytenant U.N.Shamsiyev, «Oʻztemiryoʻlnazorat» inspeksiyasi Toshkent filiali bosh inspektorlari E.X.Ruzimov, J.Y.Madaminov, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Yetakchilar kengashi raisi oʻrinbosari R.N.Eshonqulov, texnikum direktori v.b. A.X.Mavlanovlar ishtirok etdi.
Tadbirda terrorizm va ekstremizm tushunchasi, turlari va yoshlar kelajagiga tahdidi hamda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan terrorizm va ekstremizm borasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
Uchrashuv soʻnggida mavzuga doir hujjatli film namoyish etildi.
IIV Malaka oshirish instituti