11 May 2022
623
Ishga kiritib qoʻyish evaziga 1.500 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan shaxs qoʻlga olindi
Joriy yilning 6-may kuni Sirdaryo viloyati IIB Transportda XTBga fuqaro A.N. ariza bilan murojaat qilib, unda A.U. ismli fuqaro Xovos bekati vagonlarni taʼminlash Deposiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1.500 AQSH dollari soʻraganini maʼlum qilgan.Shu kuni Transportda XTB JQB va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Xovos-Yangiyer” yoʻnalishidagi M-34 avtoyoʻlida A.U. arizachi A.N.dan 1.500 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti