1 Sentabr 2022 1224

Ishga olib kirib qoʻyish evaziga 3000 AQSH dollari talab qildi

Joriy yilning 30-avgust kuni Xorazm viloyati IIB Transportda XTB boshligʻi nomiga S.S. ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, Urganch temir yoʻl tashkilotida ishlovchi “A” ismli shaxs oʻzining mansabdor tanishlari orqali uni temir yoʻl idoralaridan biriga ishga kiritib qoʻyish evaziga 3.000 AQSH dollar pul talab qilayotganligini yozib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Arizaga asosan Xorazm viloyati IIB Transportda XTB JQB hamda Urganch TP xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida 1996-y.t. Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi R.A. arizachi fuqaro S.S.dan oldindan kelishilgan 3000 AQSH dollar pullarni Urganch shahridagi “Javohir” choyxonasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага