28 Yanvar 2023 736

Isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilinib, egasiga chora koʻrildi

Joriy yilning 26-yanvar kuni soat 14:00 larda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Darband” YPX maskanida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha reyd tadbiri oʻtkazildi.

tadbir davomida, Shoʻrchi-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib kelayotgan Shoʻrchi tumanida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan fuqaro K.Jamol (ism-shariflar oʻzgartirilgan) boshqaruvidagi Kobalt rusumli avtomashina toʻxtatilib yukxonasi tekshirilganda, biror bir veterinariya hujjatlarisiz 103 kg yirik shoxli mol goʻshti olib ketilayotganligi aniqlangan.

Ushbu goʻsht mahsulotlari Boysun tuman laboratoriyasida isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida, tekshiruvdan oʻtkazilganda, laboratoriya tekshiruvchi xulosasiga koʻra isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlanib, goʻsht mahsuloti egasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda nomaʼlum sharoitda soʻyilgan mol goʻshti belgilangan tartibda yoʻq qilingan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага