27 Dekabr 2021 4208

“ISUZU”ga ortilgan 120 million so‘mlik pirotexnika va lampochkalar o‘z manziliga yetmadi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hamda Farg‘ona viloyati IIB YPX xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Qo‘shtepa tumani hududida to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 119,6 million so‘mlik 3 turdagi 61876 dona pirotexnika vositalari va 12000 dona cho‘g‘lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага