12 Iyul 2020 4003

Jarqo'rg'onda sud haydovchisiga tan jarohati etkazilganligi holati bo'yicha ma'lumot

Surxondaryo viloyati IIBdan olingan ma'lumotga ko'ra, Jarqo'rg'on tumani “YAngiobod” mahallasi hududida tashkil etilgan blok postda 10 iyul` kuni soat 09:50larda tuman hokimi Z.Davlatov, tuman prokurori B.Haydarov va tuman IIB boshlig'i podpolkovnik B.Xidirovlar tomonidan ichki ishlar organlari va xizmatga jalb etilgan boshqa xodimlarning faoliyati muvofiqlashtirilayotgan vaqtda, ushbu blok postga Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudiga qarashli “Neksiya-3” rusumli 75/530/YAA davlat raqamli xizmat avtomashinasini haydovchi R.R. qarama-qarshi yo'nalishda boshqarib kelganligi sababli, tuman hokimi va postda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari mazkur avtotransportni yo'lning qatnov qismidan chetga olishni talab qilganlarida, haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo'ysunmay avtomashinani yo'ldan olmasligini, kelgan joyida turishini aytib, 20-25 daqiqalar davomida avtomashinani to'xtatib qo'yishi oqibatida, postda sun'iy tirbandlik yuzaga kelgan.

SHundan so'ng holatga oydinlik kiritish maqsadida, haydovchi R.R. soat 10:30 larda tuman IIBga olib borilib, soat 11:00larda tuman IIBdan chiqarib yuborilgan.

SHu kuni haydovchi R.R. o'ziga tan jarohati etkazilganligi vaji bilan tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, shifoxonaning bu haqidagi xabarnomasi tuman IIBga yuborilib, o'rnatilgan tartibda ro'yxatdan o'tkazilib, xabarnoma tegishliligi bo'yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan. Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan holat prokuratura organlari tomonidan o'rganilib, ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага