Jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti va uning tizimidagi tergov hibsxonalar faoliyatini rivojlantirish, qamoqqa olinganlar va ishchi xodimlarning sharoitlarini yaxshilashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Bosh prokuror N.Yoʻldoshev, Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi M.Solihov, Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi R.Tursunov va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev raisligida oʻtgan yigʻilishda jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, uchrayotgan muammolar tahliliy koʻrib chiqildi.
Tergov hibsxonalaridagi mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek tergov hibsxonalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama etildi.
Yigʻilishda qatnashchilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
N.Abduraimova, OʻzA