Jinoiy guruh a'zolari qidirilmoqda
O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o'g'rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a'zolari qidirilmoqda.
1991-yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan Boborajabov Adham Emomalievich, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Guliston MFYda doimiy ro'yxatda turadi, Toshkent shahar, Chilonzor-12 mavzeda vaqtincha yashab kelgan.
1982-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan Nasirov Akobirjon Ikramovich, Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumani, Sanchiqul QFYda doimiy ro'yxatda turadi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumanida vaqtincha yashab kelgan.
1979-yilda Navoiy viloyatida tug'ilgan Boboev Sharofiddin Madievich, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 18-dahada ro'yxatda turib, yashab kelgan.
Ushbu shaxslar haqida biron bir ma'lumotga ega bo'lsangiz, zudlik bilan «102» yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berishingizni so'raymiz. Siz haqingizdagi ma'lumot sir saqlanishi kafolatlanadi.
IIV JQBB Qidiruv ishini tashkil etish boshqarmasi