8 May 2020 5101

Jinoyatchining qurboniga aylangan ayol qutqarildi

5 may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulug'bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug'bek tumani, TS-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

YUqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga etib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batal`on, 1-otryadi xodimlari safdorlar SH.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo'lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko'rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar. Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo'limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko'chasida yashovchi YA.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan. Xodimlar yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha uyga kirishganda, u erda yashovchi X.M. og'zi, qo'li va oyoqlari skotch bilan bog'langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага