8 Sentabr 2021 6333

Jinoyatlarni ochish usullari. Poligrafiya

Sub'ekt haqiqatni gapiradimi yoki yolg'onni inson tanasining beixtiyor reaktsiyalariga bog'liqligi qadimdan ayon.

Ilmiy asosda sud-tibbiy maqsadlarda bu bog'liqlikni birinchi marta XIX asr oxirida italiyalik shifokor Sezare Lombroso o'z ishida ishlatgan. U so'roq qilinayotgan odamning qon bosimini o'lchab turgan va yolg'on ko'rsatma paytida sezilarli o'zgarishini qayd etgan.

Keyinchalik, Lombroso ishtirokida gumondorning nafas olish tartibini kuzatish texnikasi amaliyotga qo'shilgan. 

Zamonaviy komp`yuterlashtirilgan vositalar quyidagi parametrlarni kuzatadi: yurak urish tezligi, qon bosimi, nafas olish holati va chastotasi, teri joylarining elektr o'tkazuvchanligi, titroq (beixtiyor harakatlar), ovozning o'zgarishi, savol va javob o'rtasidagi interval. Agar odamda poligrafni aldash uchun maxsus ko'nikmalar bo'lmasa, undan foydalanish natijalari to'g'ri natija berishi o'z tasdig'ini topgan.

Shu bilan birga, sub'ektning asabiy hayajoni yolg'on haqida noto'g'ri xulosaga olib kelishi mumkin va metindek irodaga ega bo'lib o'zini tuta oladigan odam poligrafni chetlab o'tishi mumkin bo'ladi.

Shuning uchun, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida ushbu tadqiqot natijalari hech qanday dalil kuchini tan olmaydi va bog'langan poligraf datchiklari bilan guvohlik berishdan bosh tortish aybning tasdig'i hisoblanmaydi.


Poligrafda tekshiruv. AQSh. Tahminan 1945 yil atrofida


Zamonaviy poligrafiya tekshiruvi

©️ «Vsemirnaya istoriya politsii». Moskva: Izdatel`stvo «e», 2017.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага