10 Dekabr 2020 4257

Jizzaxda "Epica" yonib ketdi

9 dekabr` kuni soat 05:50larda, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani hududidan o'tgan M39 avtomobil` yo'lining 985-kilometrida, haydovchi, 1993 yilda tug'ilgan R.K. "Epica" rusumli avtomobilda "Samarqand-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo'qotib yo'l chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yong'in yuzaga kelgan.

Yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil` to'liq yong'indan zararlangan.

Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini hisobga olib, yo'l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so'rab qolamiz.

IIV YHXBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага