22 Sentabr 2020 4183

Jomboy tumanida AYoQShdan katta miqdordagi pullarni o'marib ketgan shaxslar qo'lga olindi

Jomboy tuman IIB ga 1992 y.t. A. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 17 sentyabr` kunidan 18 sentyabr` kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs Jomboy tumanida joylashgan yoqilg'i quyish shoxobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigining ochiqligidan foydalanib, u erga g'ayriqonuniy ravishda kirib, xonada bo'lgan temir seyfni kalit tanlash yo'li bilan ochib, seyf ichida bo'lgan 320.000.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o'g'rilik jinoyatini Urgut tumani Chumchuqli MFYda yashovchi, 1995 y.t. J. va Urgut tumani Terak MFYda yashovchi, 1998 y.t. X. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84.500.000 so'm pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага