17 Yanvar 2023 2324

Joriy yilning 17-yanvar kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligida poytaxtning ayrim tumanlarida aholini energiya resurslari bilan taʼminlash borasida saqlanib qolayotgan tizimli muammolar va ularning oʻz vaqtida yechimini topishga bagʻishlangan tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi

Tadbirda, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16-yanvarda tanqidiy ruhda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi davomida mamlakatimizda aholini energiya resurslari bilan taʼminlash borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga masʼul hisoblangan bir qator rahbarlarning faoliyatiga jiddiy eʼtiroz bildirilib, ayrimlarga qatʼiy choralar koʻrilganiga eʼtibor qaratildi.

Poytaxtimizning YunusobodMirzo UlugʻbekChilonzorYashnobod va Bektemir tumanlari uchun, mavjud imkoniyatlarni ishga solib, barcha resurslarni adolatli taqsimlash, muammoli mahallalarda fuqarolarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish boʻyicha Ichki ishlar vazirligi masʼul etib biriktirilgani taʼkidlandi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda tumanlarga biriktirilgan huquq-tartibot idoralari, hokimlik, elektr, gaz, issiqlik energiya korxonalari rahbarlaridan iborat har bir tuman kesimida ishchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan qator chora tadbirlar belgilandi, jumladan:

– tabiiy gaz taʼminoti boʻlmagan mahallalarga, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazish, uyma-uy yurib hamda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari yordamida aholiga yongʻin, chaqnash, is gazi yoki tutundan zaharlanish holatlarining barvaqt oldini olish borasidagi xavfsizlik choralarni tushuntirish;

– issiqlik energiya va issiq suvni aholiga oʻz vaqtida yetkazilishini nazorat qilish, tabiiy gaz bosimini taʼminlash boʻyicha «mahallabay» choralarni koʻrish;

– har bir avariyaviy holatni zudlik bilan bartaraf etish, elektr taʼminotining rejali oʻchirilishi haqida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish va unga qatʼiy amal qilishni taʼminlash;

– sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmaslikni taʼminlash;

– uyma-uy yurib, yolgʻiz qariyalar, koʻp farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyimoziq-ovqat tarqatish, eng ogʻir hollarda ularni vaqtinchalik issiq joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish;

– faoliyat yuritayotgan mehribonlik uylarishifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarining barqaror ishlashini taʼminlash, ularda mavjud sharoitlarni doimiy yaxshilab borish;

– mahallalarmaktablarshifoxonalarsavdo doʻkonlari va bozorlar atrofini qor va muzlamalardan tozalash, fuqarolar uchun xavfsiz sharoitlarni yaratish;

– aholiga energiya resurslarini yetkazish uchun masʼul boʻlgan barcha korxona rahbarlari va masʼul xodimlar tomonidan sovuq kunlarda kuchaytirilgan tarzda ish olib borishini tashkillashtirish kabi vazifalar topshirildi.

Mazkur vazifalarni ijroga qaratish maqsadida Ichki ishlar vazirining farmoyishi bilan 5 ta tumanda ishlarni kunlik tashkillashtirish va muvofiqlashtirib borish uchun Vazir oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev boshchiligida tezkor shtab tuzilib, ularga quyidagi vazifalar yuklatildi:

– barcha energetik (gaz va elektr) obyektlar, dispetcherlik boʻlimlari mavjud binolarida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining navbatchiligini tashkil etish;

– har bir mahallada elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, koʻmir hamda issiqlik taʼminotini belgilangan vaqtida va meʼyorlarda aholiga yetkazish ishlarini nazorat qilish;

– boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq holatlarga barham berish boʻyicha manzilli reydlar oʻtkazish;

– masʼullar tomonidan Bektemir, Yashnobod, Chilonzor, Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumanlarida aholining muhtoj qatlamlariga kuniga bir mahal issiq ovqat tayyorlash va uylariga yetkazish tashkillashtirish;

– Vazirlikka qarashli tibbiyot xizmatlaridan alohida mobil guruhlar tuzilib, fuqarolarning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarini uyma-uy yurib “xonadonbay” oʻrganish va aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish;

– Vazirlikning imkoniyatlaridan foydalanib, har bir tuman va mahalla kesimida yetarli xamda harbiy dala palatkalarini ajratib toʻliq jihozlangan “Isinish punktlari«ning uzluksiz faoliyatini taʼminlash;

– Vazirlik Akademiyasi bazasida ogʻir vaziyatlar yuzaga kelganda fuqarolarni joylashtirish uchun 100 ta oilaga moʻljallangan yashash xonalarini tashkil etish belgilandi.

Tadbir jarayonida vazirning oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev, Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Aziz Toshpoʻlatov hamda ishchi guruhlariga biriktirilgan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Yigʻilish soʻngida, Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni yuqori darajada bajarish hamda xalqni rozi qilish uchun har bir rahbar masʼuliyat bilan ish olib borishi zarurligi taʼkidlandi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага