6 Iyun 2021 4224

Karantin bo'limi xodimlarining hushyorligi tufayli yaroqsiz go'sht mahsulotlari xaridorgacha etib bormadi

Joriy yilning 3 iyun` kunidan 4 iyun` kuniga o'tar kechasi soat taxminan 23:20larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan "Samarqand" YPX maskanida "Buxoro-Toshkent" yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati, Peshku tumanida yashovchi 1983 yilda tug'ilgan N.H. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi xodimlari tomonidan to'xtatib tekshirilganda, avtomobil` yukxonasida 105 kg. kelib chiqishi noma'lum bo'lgan yirik shohli qoramol go'shtini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlandi. 

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi. 

eng achinarlisi bu kabi holatlar uzluksiz ravishda reyd tadbirlari olib borilishiga qaramasdan qonun buzilish holatlari hanuzga qadar aniqlanib kelinmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 4 iyun` kunidan 5 iyun` kuniga o'tar kechasi soat 00:25 larda Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan "Samarqand" YPX maskanida "Buxoro-Toshkent" yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati, Peshku tumanida yashovchi 1998 yilda tug'ilgan O.A. boshqaruvidagi "ISUZU" rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi xodimlari tomonidan to'xtatib tekshirilganda, avtomobil` yukxonasida 160 kg. kelib chiqishi noma'lum bo'lgan yirik shohli qoramol go'shti, 200 dona yirik shohli qoramolning kallalari hamda 12 ta qopda 1.500 kg. bo'lgan tovuq go'shtlari jami 3 tonnaga yaqin mahsulotlarni olib ketayotganligi aniqlangan. 

Ushbu olib ketilayotgan mahsulotlarning sifatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda mas'ul xodimlar tomonidan tekshirilganda, fuqaro ushbu go'sht mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma'lum bo'ldi. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tushuntirish ishlari olib borildi. 

Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага