20 Sentabr 2022 404

Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida "kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining "Kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, 19-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi xodimlariga yig‘in signali berilib xodimlarning tashvish qoplari tekshirildi.

Shuningdek, xodimlarning jangovar shayligini oshirish maqsadida PM va AKM qurollarini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida mashg‘ulotlar olib borildi.

Shundan so‘ng Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar sifatlarini oshirish maqsadida saf mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB va uning quyi tizimlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini yana-da oshirishga qaratilgan turli mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага