“Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning mazmun mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
“Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarning kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi” IIBB xodimlariga batafsil tanishtirildi.
Tadbirda Toshkent viloyati IIBB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Dilmurod Xudjaqulov boshchiligida shaxsiy tarkib, IIV litseyi oʻquvchilari va viloyat Maʼnaviyat boʻlimi masʼullari ishtirok etdi.
Davlat madhiyasi bilan ochilgan tadbirda, soʻzga chiqqanlar qabul qilingan hujjatlarda xodimlarning maʼnaviy axloqiy fazilatlar, burchiga sodiqlik, umum eʼtirof etilgan odob axloq normalariga soʻzsiz amal qilish hissini shakllantirishga doir qoida va talablar belgilangani, aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashini taʼminlash bilan birga xodimlarni kasbiy madaniyat va xizmat intizomini tartibga solishi, bu esa tizim imijini yanada yaxshilashga va ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylanishiga asos boʻlishi taʼkidlandi.
Yigʻilishda xodimlarga mazkur qaror va kodeks boʻyicha batafsil tushuncha berilib, yuzaga kelgan savollar atroflicha tushuntirib oʻtildi.
Hozirda ushbu yangi tartibni shaxsiy tarkibga yetkazish boʻyicha hududiy IIOda ham tushuntirish va targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati