25 Noyabr 2021 338

Kasbiy mahorat va jangovar shaylik davr talabi

Bugungi kunda zamon bilan hamnafas bo‘lish davr talabi. Xususan, Ichki ishlar organlari xodimlari ham o‘z xizmat faoliyatlarini olib borishda tezkorlik, huquqiy va maʼnaviy bilimlarga ega bo‘lish, xizmat, jangovar va psixologik tayyorgarlik darajasi hamda kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari muhim vazifadir. Shu o‘rinda, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi mutaxassis xodimlari tomonidan Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlarining hududiy Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari va Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadlari mutaxassis xodimlari bilan saf tayyorgarligi, jangovar shaylik, maxsus-taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida tashkil etilgan o‘quv kurslariga jalb etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qoravul qo‘shinlar qo‘mondonligi, Milliy gvardiya hamda Portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadlari) tinglovchilar bilan saf tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirish hamda mahorat darslari o‘tkazildi.

IIV MOMB Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага