24 Noyabr 2021 352

Kasbiy mahoratni oshirish yoʻlida

Maʼnaviy-maʼrifiy bilimga hamda yuqori darajada jismoniy va jangovar tayyorgarlikka ega boʻlish bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlariga qoʻyilayotgan dolzarb talablardan biridir. 

Shu oʻrinda, Vazirlikning “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash maqsadida Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi mutaxassis xodimlari tomonidan Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarining hududiy Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari va Portlash xavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadlari mutaxassis xodimlari bilan saf tayyorgarligi, jangovar shaylik hamda maxsus-taktik tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

IIV MOMB Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага