Kasbiy malakalar, bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish - ustuvor vazifa
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar el-yurt osoyishtaligini mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻlayotir. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida taʼlim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratmoqda. Bu amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari zamirida ichki ishlar organlar xodimlarining ham munosib oʻrni bor.
Darhaqiqat, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlarining samarali faoliyati muhim oʻrinni egallaydi. Ayni paytda, tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan jamiyat talablari barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari xodimlaridan ham tinimsiz oʻqib-oʻrganishni, oʻz ustida ishlashni, bilim va saviyasini, malakalarini doimo oshirib borishni taqozo qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5076-son qarori soha xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni kunlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari xodimlarining uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha xodimlarga navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvon berish uchun maxsus malaka oshirish oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.
Oʻquv jarayoni modul tizimida tashkil etilgan, mashgʻulotlarda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda xorijiy davlatlar tajribasini qoʻllash orqali, tinglovchilarga sohaga oid amaldagi normativ hujjatlarni mazmun mohiyati va talablarini oʻrgatish bilan birgalikda, ularning bilimlari, kasbiy tayyorgarligi, nazariy va amaliy koʻnikmalarini yuksaltirishga eʼtibor qaratilmoqda.
Tinglovchilarning oʻquv jarayonida olgan yangi bilimlari va kasbiy mahoratga ega boʻlishlari kelgusida ish faoliyatini yangicha yondashgan holda olib borishlariga xizmat qiladi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati