20 Oktabr 2021 5379

Katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan ikki shaxs Koreyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Joriy yilning oktyabr oyida Seul shahrida (Janubiy Koreya) Oʻzbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda boʻlgan 1991-yilda tugʻilgan shaxs qoʻlga olingan.

Olingan maʼlumotlarga asosan, Seulda xizmat safarida boʻlgan Oʻzbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIBB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi 1957-yilda tugʻilgan J.N. qoʻlga olingan. 2016-yilda J.N. fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan Toshkent shahridan koʻchmas mulk xaridida yordam berishini vaʼda qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bugungi kunda muzokaralar va Oʻzbekistondagi Interpolning MMB hamda Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qoʻlga olinib, Oʻzbekiston Respublikasiga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob berishlariga toʻgʻri keladi.

Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага