21 May 2022
1051
“Kattaqoʻrgʻon tumani hududida maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan maxsus qabulxona zaxira binosini qurish”ga tender
O'zbekiston Respublikasi IIV Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi tender (tanlov savdolari) eʼlon qiladi. “Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hududida 60 oʻrinli maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan maxsus qabulxona zaxira binosini qurish» (lot raqami 22411006011821) obyekti boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlovni ishtirok etishni soʻraymiz. Moliyalashtirish manbai-Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet mablagʻlari hisobidan. Takliflar www.tender.mc.uz saytida 2022-yil 7-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli, 1-berk koʻchasi 1 uy. Tel: (71)-231-46-02
IIV Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi