17 Aprel 2021 4622

Kechagi kun qaxramonlari rag'batlantirildi

Kuni kecha Buxoro shahar, "Gulchorbog'" mahallasidan oqib o'tuvchi kanalga tushib ketgan "Matiz" haydovchisini qutqarib qolib, hamkasblariga shaxsiy namuna va jasorat ko'rsatgan Buxoro viloyati IIB Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi PPX batal`oni xodimlari safdorlar Sayidov Axmadjon Azimovich hamda Abdullaev Nodirbek Ne'matovichlar Buxoro viloyati IIB boshlig'ining buyrug'iga muvofiq, 2 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Buxoro shahar garnizoni saf bo'linmalarining ertalabki Yo'riqnomasida IIB boshlig'i polkovnik Shuxrat Aliev ishtirok etib, xodimlarga pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, ichki ishlar organlari xodimlari ongida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” degan g'oyani singdirishdir. 

Katta yoki kichik bo'lsin, har qanday jasorat e'tiborsiz qolmaydi. 

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага