28 May 2022 677

Kiber olamdagi xatarlar – dolzarb muammo

Axborot texnologiyalarning jadal rivojlanib borayotgani kiber olamdagi xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Birgina 2020 yilda xakerlik hujumlari tufayli jahon iqtisodiyoti trillion dollardan ziyod zarar ko‘rgan va yildan-yilga oshib bormoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mezbonlik qilgan anjumanda kiberxavfsizlikni taʼminlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Unda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasi Kiberxavfsizlik markazi vakillari, shuningdek taʼlim muassasasining Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va kafedra qoshida tashkil etilgan to‘garak faollari ishtirok etdi.

Tadbirni Akademiya boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Jamshid Isroilov ochib, mamlakatimizda axborot xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.

Qayd etilganidekkiber jinoyatlarga qarshi kurashish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan hozirgi murakkab davrda fuqarolarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, axborot xavfsizligi va kiber jinoyatlarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Sohani rivojlantirish kiberxavfsizlikni taʼminlash faoliyatiga ilg‘or mexanizmlarni keng tatbiq etish barobarida, tizim uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Bu borada taʼlim muassasasida o‘qitishning samarali yondashuvlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlarning IT-texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari oshirib kelinmoqda.

Anjumanda soha mutaxassislarining “Internetda qonunchilik talablarini buzish holatlariga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorlik masalalari”, “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarni axborot texnologiyalari yordamida fosh etishning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Kiberxavfsizlikni taʼminlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzularidagi maʼruzalari tinglandi, tizim oldidagi dolzarb muammolarning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага