3 May 2022 820

Kibertahdidlardan himoyalanish va Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanish boʻyicha maktab oʻquvchilari uchun “mahorat darslari” shaklidagi targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Internet tarmogʻida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi boshchiligida, Xalq taʼlimi vazirligi hamda mutasaddi vazirlik, idoralari xodimlaridan tuzilgan Ishchi-guruhi tomonidan Xorazm viloyatida aholining faol qatlami 16-18 yoshli oʻquvchi-yoshlar uchun maktablarda “mahorat darslari” shaklidagi targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, oʻquvchilarga maʼlumotlar berildi.

Xususan, joriy yilning 29-aprel kuni viloyatning qoʻshni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Bogʻot tumani “Bogʻzor” mahallasida joylashgan 560 oʻringa moʻljallangan 34-sonli umumiy-oʻrta taʼlim maktabining 100 nafardan ortiq 9-10-11-sinf oʻquvchilariga Kiberxavfsizlik markazining masʼul xodimlari tomonidan Kibertahdidlardan himoyalanish va Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanish boʻyicha “mahorat darslari” oʻtkazildi.

Dars mashgʻulotlari jarayonida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага