19 Sentabr 2022 603

“Kitobsevar yoshlar – kelajak bunyodkori”

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.R.Bobojonovning 2022-yilning 7-sentyabr kunidagi 198-sonli farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning 10-sentyabr kunidan 10-oktyabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” oʻtkazilishi koʻzda tutilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida oʻquvchi-yoshlarning bilimdonlik va badiiy kitobxonligini yuksaltirish maqsadida kitoblar mutolaasi soati tashkil etildi. 

Bu bilan oʻquvchilar hozirda yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan doʻst boʻlishga, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanishiga, bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini koʻrsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanishligiga, xususan Arastudan Abu Ali Ibn Sinogacha, Aflotundan - Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan - Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan - Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yoʻqolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berishligiga, ularning bugungi avlod tomonidan chuqur oʻrganilishi, ularning ilmiy-maʼrifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufayli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilishdi.

IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага