24 Yanvar 2023
386
Kogon shahrida yana bir o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Kogon shahar “A.Qodiriy” mahallasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan «Samsung Galaxy-A23» rusumli qo‘l telefon apparati nomaʼlum sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Kogon tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.G. ismli ayol sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati