19 Oktabr 2021 3982

Kogon tumanida Maktab internatiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga tamagirlik qilgan shaxs qoʻlga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida 2021-yil 15-oktyabr kuni Kogon tumanida yangi tashkil etilgan ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab-internatning masʼul xodimi oʻzga bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali ushbu maktabga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga maktab-internatning qorovuli orqali kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага