Koʻkdala tumanida sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi tanqidiy muhokama qilindi
Koʻkdala tumanda joriy yil 10-aprel kuni sodir etilgan ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisasi yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi, tumandagi sektorlar mutasaddilari va avtokorxonalar haydovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi oʻz soʻzida Koʻkdala tumanida ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisasi sabab va oqibatlari, bu borada mutasaddi idoralar ish faoliyatda loqaydlikka, sustkashlikka yoʻl qoʻyayotganini tanqid ostiga oldi.
Avtokorxonalarda, mahallalarda avtomashina boshqaruvchi shaxslar bilan muntazam profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani aytib oʻtildi.
Bu boradagi ishlarni jadallashtirish uchun tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi masʼullari va tuman obodonlashtirish boʻlimi, avtomaktablar, Vatanparvarlar tashkiloti mutasaddilari muntazam tumandagi avtokorxonalarda va mahallarda haydovchilar bilan avtomashina imkoniyatlariga erk bermaslik, ertalab uydan chiqishda avtomashinani koʻrikdan oʻtkazish, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, oraliq masofani saqlash boʻyicha profilaktik suhbatlarni uyushtirish lozimligini tushuntirildi.
Fuqarolarning kundalik tashvishi va maishiy muammolari bilan shugʻullanishi lozim boʻlgan mahalla beshligi ham tadbirlarda falokat oyoq ostidaligi, ichki va xalqaro yoʻllarda avtomashina boshqarishda ogoh va hushyor boʻlishi, yoʻl harakati qoidalariga ogʻishmay rioya etishi xususida tushunchalar berishi bu kabi mudhish ogʻir oqibatli jinoyatlarning oldi olishda asqotishi tayin.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati